Yangi Namangan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladi
2026-09-09 10:25:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida Yangi Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning o‘tgan 8 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitiladi.
Shuningdek, 2026-yil ikkinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarga ovoz berish yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash va ularni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Sessiyada mahalliy budjet mablag‘larini yo‘naltirish hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinadi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









