“Universal Plyus Tikuv” MChJda eksport hajmi oshirilmoqda
2026-09-05 14:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan “Universal Plyus Tikuv” MChJ 2016-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda korxonada 40 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Korxonada asosan kostyum-shimlar ishlab chiqariladi. Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Tojikiston va Turkmanistonga 175 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi.
Korxonaning eksport salohiyatini yanada oshirish uchun imkoniyatlar mavjud. Yil yakuniga qadar 100 ming AQSh dollarlik yangi eksport shartnomasini bajarish rejalashtirilgan.
Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va eksport rejalari bilan tanishdi. Muloqot davomida korxonada ishchi kuchiga ehtiyoj borligi bildirildi. Mazkur masala bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









