“Sihatgoh” mahallasi ham obod, tartibli hududga aylanadi
2026-09-05 11:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Tumaning “Sihatgoh” mahallasida ham hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish va aholiga qulay harakatlanish sharoitini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, bu yerda aholiga munosib sharoit yaratish uchun avtoturargohlar, dam olish maskanlari va bolalar o‘yin maydonchalarini tashkil etish bo‘yicha tegishli rejalar belgilangan.
Mazkur ishlar hudud qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun munosib va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









