“Oromgoh” mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
2026-09-04 11:45:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Xususan, “Oromgoh” mahallasida ko‘p qavatli uylar atrofi tartibga keltirilib, mavjud muammolar bartaraf etilmoqda. Ayni paytda ichki yo‘llarni ochish va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish choralari ko‘rilmoqda.
Kelgusida hududda avtoturargohlar, bolalar o‘yin maydonchalari, dam olish maskanlari hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar mahalla qiyofasini yanada obod qilish va aholi uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






