“Do‘stlik savdo sanoat kompleksi”da o‘rganish ishlari olib borildi
2026-09-04 16:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Do‘stlik savdo sanoat kompleksi” hududida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida savdo rastalarining joylashuvi, sanitariya va obodonlashtirish holati, yong‘in xavfsizligi talablari, gidrantlar hamda xavfsizlik yo‘laklarining holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik va sanitariya talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur ishlar bozor hududida tartib-intizomni ta’minlash, tadbirkorlar va aholi uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






