Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darsi” va “Kelajak soati” bilan boshlandi
2026-09-02 10:40:00 / Yangiliklar
Yangi o‘quv yilining ilk kunida Yangi Namangan tumanidagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun “Mustaqillik darsi” hamda “Kelajak soati” tashkil etildi.

Tadbirlar davomida yoshlarga yurtimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajak oldidagi mas’uliyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi 68-maktabning bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning kelgusi rejalari, qiziqishlari va tanlagan kasblari haqida suhbatlashdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, oliy ta’lim, kasb-hunar egallash va kelgusidagi maqsadlari yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqotda har bir yoshning o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, puxta bilim olishi va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekani ta’kidlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






