“Mustaqilligimizning 35 yilligi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi
2026-08-28 21:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh faollar “Mustaqilligimizning 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir avvalida tuman hokimi barchani bayram bilan tabriklab, Yangi Namangan tumanida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib, hudud rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan 140 nafar faolga faxriy ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tantanali marosim bayramona ko‘tarinkilik va ezgu tilaklar bilan yakunlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









