Hunarmandchilik orqali bandlik ta’minlanmoqda
2026-08-22 12:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida hunarmandchilik bilan shug‘ullanib, o‘z mehnati orqali ro‘zg‘or tebratayotgan oilalar ko‘p.

Shulardan biri Bahodir Muhiddinov xonadonida yo‘lga qo‘yilgan do‘ppi ishlab chiqarishdir. Bu yerda oila a’zolari birgalikda mehnat qilib, kuniga 100 tagacha do‘ppi tikishmoqda. Tayyor mahsulotlar ichki bozorga yetkazilib, oilaga daromad keltirmoqda.
Mahallada do‘ppichilik, tikuvchilik va boshqa hunarmandchilik turlarining rivojlanayotgani aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromadni oshirishga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






