“Usmon Nur” mahsulotlari Yevropa bozoriga chiqmoqda
2026-08-21 16:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi “Usmon Nur” MChJda bo‘lib, korxonaning faoliyati va kelgusi rejalari bilan tanishdi. Suhbat davomida korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi.

Korxonada hozirda 100 kishi mehnat qilmoqda. 2025-yilda Qozog‘istonga 350 ming AQSh dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, shu yilning 7 oyida 200 ming AQSh dollari qiymatidagi kiyim xalqaro bozorga chiqarilgan.
Bu yil Polshada ham korxona mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun maxsus shou-rum tashkil etilib, eksport geografiyasi yanada kengaytirildi. Yil yakuniga qadar eksport hajmini 400 ming AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









