Shimoliy aylanma yo‘lida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakchalar barpo etilmoqda
2026-08-21 15:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida transport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

4R-117 Shimoliy aylanma yo‘lining Chortoq yo‘liga tutash 29–35 kilometr qismida ham mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida yo‘l 6 polosali qilib qayta qurilmoqda.
Ayni paytda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy yo‘lakchalar barpo etilmoqda.
Mazkur ishlar hududda transport harakati qulayligi va xavfsizligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






