Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2026-08-21 10:10:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, talabalarni joylashtirish, yotoqxonalar va ijara xonadonlarida zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama yakunida mavjud masalalarni hal etish, talabalar uchun munosib sharoit yaratish hamda yangi o‘quv yilini tartibli boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Ma’lumot uchun, Yangi Namangan tumanidagi 4 ta oliy ta’lim muassasasida jami 17 720 nafar talaba tahsil olmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






