Aholiga qulaylik yaratish maqsadida savdo yarmarkasi tashkil etildi
2026-08-20 19:20:00 / Yangiliklar
Yangi o‘quv yili arafasida aholi, ayniqsa, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Yangi Namangan tumanida maktab o‘quv qurollari va kiyim-kechaklari savdosiga ixtisoslashtirilgan arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi.

Jumladan, “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Do‘stlik buyum bozori” hududida o‘tkazilayotgan yarmarkada o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan maktab formalari, o‘quv qurollari va boshqa kerakli anjomlar keng turda taqdim etilmoqda.
Mazkur yarmarka aholiga sifatli mahsulotlarni qulay va hamyonbop narxlarda xarid qilish imkonini bermoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









