“Atangan guzar”dagi yer maydoni bo‘yicha holatga oydinlik kiritildi
2026-08-20 18:10:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Namangan tumani, “Atangan guzar” mahallasidagi hudud yuzasidan tarqalgan xabarlar jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Mazkur hudud 2023-yilda sanoat, hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida mikromarkaz tashkil etish uchun elektron auksionga chiqarilgan. O‘rganishlar davomida yer maydonidan noqonuniy foydalanish yoki qurilish boshlanganligi tasdiqlanmadi.
Loyiha doirasida tikuvchilik, charm-poyabzal ishlab chiqarish va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, shuningdek, aholi uchun mini-futbol maydonchasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Masala yuzasidan tuman hokimi joyiga chiqib, aholi va tadbirkor tomonini tingladi. Tomonlarga mavjud masalalar qonunchilikda belgilangan tartibda, zarur hollarda sud orqali hal etilishi tushuntirildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






