Yoshlar murojaatlari tinglandi, tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi
2026-08-20 12:15:00 / Yangiliklar
Har payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida Namangan viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarma rahbariyati Yangi Namangan tumani yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarga tizimda yaratilgan imkoniyatlar, ular uchun mo‘ljallangan elektron ilovalar va ularning afzalliklari haqida ma’lumot berildi. Xususan, “Mutolaa” ilovasining yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.









