Soy bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish hududi tashkil etiladi
2026-08-19 11:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi Shimoliy aylanma – Chortoq yo‘li bo‘ylab joylashgan “Namangan soy” hududining 1 kilometr qismi zamonaviy xizmat ko‘rsatish va dam olish maskaniga aylantiriladi.

5 milliard so‘mlik loyiha doirasida piyodalar yo‘lagi, ko‘cha chiroqlari, o‘rindiqlar va chiqindi qutilari o‘rnatiladi. Hududda 25 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, 50 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2 700 kvadrat metr maydonda savdo xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Loyihani 2026-yilning III choragida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu tashabbus aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va hududning jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






