“Saxovat” — obod manzilga aylanmoqda
2026-08-17 12:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida Mustaqilligimizning 35 yilligiga tayyorgarlik qizg‘in. Hududlarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilib, mahallalar yanada kurkam qiyofa kasb etmoqda. Xususan, “Saxovat” mahallasi ham bugun obod va fayzli manzillardan biriga aylanmoqda.

8 102 nafar aholi istiqomat qiladigan mazkur mahallada “Yangi Uzbekiston qiyofasi” loyihasi doirasida 6 ta kuchaning jami 7 kilometr qismi asfaltlanib, ravon va qulay yullar yaratildi. “Bahor”, “Gaiston”, “Avto servis”, “Mustaqillikning 10 yilligi”, “Bog‘i Eram” va “Bog‘i Shamol” kuchalarida amalga oshirilgan ishlar mahalla qiyofasini tubdan uzgartirmoqda. Shuningdek, kuchalarga 230 ta tungi yoritish chirog‘i urnatildi. “Avto servis” kuchasidagi 70 ta yog‘och elektr ustuni beton tayanchlarga almashtirildi, 2,5 kilometr SIP kabel tortilib, elektr taminoti yaxshilandi. Mahallaning kirish-chiqish joylariga esa 10 ta kuzatuv kamerasi urnatilib, xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Takidlash joiz, mahalla odamlari mehnatkashligi bilan ajralib turadi, hudud “drayveri” dehqonchilik va hunarmandchilikdan iborot. Har bir xonadon kichik tomorqasini daromad manbaiga aylantirgan. Issiqxonalarda etishtirilayotgan mahsulotlar el dasturxonini tukin qilmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bu yangilanishlar mahalla ahli uchun munosib tuhfa bulmoqda. Obod kuchalar, yorug‘ va xavfsiz muhit “Saxovat”ning yanada fayzli va qulay maskanga aylanishiga xizmat qilmoqda. Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









