Yangi Namanganda maktablar uchun yangi sport maydonlari barpo etilmoqda
2026-08-15 11:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida 2026 yil “Tashabbusli byudjet” dasturining 1-mavsumida 6 ta loyiha g‘olib buldi. Ular uchun jami 8 323,4 mln sum mablag‘ ajratildi.

G‘olib loyihalar orasida talim muassasalarida sport infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar ham bor.
Jumladan, 71- va 39-umumtalim maktablarida yopiq futbol va zamonaviy sport maydonlari barpo etiladi. Bu uquvchilarning bush vaqtini mazmunli utkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi uchun yanada qulay sharoit yaratadi.
Ayni paytda har ikki maktabda qurilish ishlari boshlangan. Yangi sport inshootlari uquvchilar uchun zamonaviy va qulay mashg‘ulot maskaniga aylanishi kuzda tutilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






