Bayram arafasida yana bir kucha obod bulmoqda
2026-08-12 17:00:00 / Yangiliklar
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Yangi Namangan tumanida yullarni tamirlash va hududlarni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

“Mingchinor” mahallasidagi “Sanoat” kuchasida ham yullarga asfalt yotqizilib, harakat uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Shuningdek, kuchadagi irrigasiya tizimi bilan bog‘liq muammolar ham bartaraf etilyapti. Hozirda piyodalar yulakchasi tashkillash jarayoni davom etmoqda.
Bu ishlar natijasida haydovchilar va piyodalar uchun harakatlanish yanada qulaylashadi. Shu bilan birga, kucha buyida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun ham sharoit yaxshilanadi.
Bayram arafasida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar “Mingchinor” mahallasi ahli uchun yana bir yaxshi yangilik va munosib tuhfa bulmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






