Bayram arafasida “Mingterak” mahallasi obod bulmoqda
2026-08-12 16:00:00 / Yangiliklar
Yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayram — Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Yangi Namangan tumanining barcha hududlarida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

“Yangi Uzbekiston qiyofasi” dasturi doirasida “Mingterak” mahallasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Saxovat”, “Binokor”, “3-Avloniy”, “G‘ayratiy”, “Fitrat” va “Parvoz” kuchalarining 10 kilometr ichki yullari asfaltlandi.
Ayni paytda aholi tashabbusi va uyushqoqligi bilan yullarning ikki chetini betonlash ishlari ham olib borilmoqda. Bu yullarning mustahkamligini taminlab, uzoq yillar xizmat qilishiga yordam beradi.
Yangi va ravon yullar aholi uchun qulaylik yaratib, “Mingterak”ning yanada obod qiyofasini namoyon etmoqda. Bayrami arafasidagi bu ishlar mahalla ahli uchun munosib tuhfa buldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









