Yangi korxona eksportga tayyorgarlik kurilmoqda
2026-08-11 15:50:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida “Solins O/K” korxonasi ish boshladi, bu erda erkaklar uchun mavsumiy kiyim ishlab chiqariladi.

Korxonada hozirda 30 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar esa asosan ichki bozorga etkazib berilmoqda.
Kichik korxona ayni paytda ishlab chiqarish hajmini oshirish va tashqi bozorga chiqish harakatida. Yil yakuniga qadar Tojikiston va Qirg‘izistonga mahsulot eksport qilish kuzda tutilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









