“Yoshlik” mahallasida ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
2026-08-08 17:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholi tashabbuslari asosida ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.

“Tashabbusli budjet” dasturining navbatdagi mavsumida “Yoshlik” mahallasi aholisi faol ishtirok etib, g‘oliblar qatorida 1,18 milliard so‘m mablag‘ga ega bo‘ldi.
Mazkur mablag‘ hisobidan mahallaning “Kosonsoy” ko‘chasidagi 2 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanib, aholi uchun qulay va ravon harakatlanish sharoiti yaratilmoqda.
Tuman hokimi obodonlashtirish ishlarini sifatli yakunlash, asfaltlangan yo‘llarning ikki yon chetlarini aholi ishtirokida hashar yo‘li bilan betonlashtirish muhimligini ta’kidladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









