Jinoyatchilik profilaktikasi bo‘yicha holat tahlili o‘tkazildi
2026-08-08 13:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2 qarorlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama etildi. Unda jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar va ayollar o‘rtasida xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalari ko‘tarildi.

Zamonaviy nazorat texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash, infratuzilma muammolarini hal qilish va xavfsizlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama davomida “Mingterak”, “Mingchinor”, “Istiqbol”, “Bunyodkor”, “Yoshlik”, “Guliston” va Furqat nomli mahallalarda jinoyatchilik oshgani ta’kidlandi. Abu Rayhon Beruniy mahallasida esa voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat va bunga sabab bo‘lgan omillar tanqid qilindi.
Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar asosida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









