Yangi Namangan tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
2026-08-06 19:00:00 / Yangiliklar

Gaz ta’minoti tizimida 84 ta gaz tartiblash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, 3 ta yangi GTP o‘rnatildi va 1 500 ta xonadon 2 bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkazildi.
Ichimlik suvi sohasida 3,2 km suv tarmog‘i mukammal, 17,3 km tarmoq joriy ta’mirlandi. Avariya holatlariga tezkor javob berish uchun 3 ta maxsus brigada va zarur texnika shay holatga keltirildi.
Shuningdek, tumanda kuz-qish mavsumi uchun 13,9 ming tonna ko‘mir zaxirasini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Muloqot davomida soliq, kommunal soha va aliment bilan bog‘liq qarzdorliklarni qisqartirish masalalari ham muhokama qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Tadbir yakunida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash va aholiga kommunal xizmatlarni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









