Kelajak markazi qurilishi konsepsiyasi taqdim etildi
2026-08-06 12:25:00 / Yangiliklar
Har payshanba o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida yoshlarga oid muhim tashabbus va loyihalar ko‘rib chiqilmoqda.

Navbatdagi tadbirda Yangi Namangan tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan “Kelajak markazi” qurilishi konsepsiyasi taqdim etildi.
Mazkur markaz bola va yoshlarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Loyiha doirasida ta’lim, sport, san’at, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha turli to‘garaklar yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilma va raqamli yechimlar joriy etilishi rejalashtirilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati



