Xorijdagi mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
2026-08-05 14:45:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida mehnat migrantlarining ish va yashash sharoitlari, mehnat haqi hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Kam maosh evaziga og‘ir sharoitlarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarga Vatanga qaytib, o‘z yurtida mehnat faoliyatini davom ettirish taklif qilindi. Ular uchun kafolatli ish o‘rinlari yaratilishi, shuningdek, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, Vatanda ish boshlash istagini bildirgan fuqarolarga aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






