“Mingterak” mahallasidagi loyihalar aholi talabi asosida qayta ko‘rib chiqildi
2026-08-03 16:20:00 / Yangiliklar
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari aholi tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar asosida qayta ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar davomida ayrim masalalar yetarlicha puxta ishlanmagani qayd etildi. Shu munosabat bilan mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, loyihalarni aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish hamda barcha ishlarni sifatli va mas’uliyat bilan amalga oshirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi. Tegishli o‘rinbosar ogohlantirildi.
Dastur doirasida mahallada yo‘llar ta’mirlanishi, kommunal infratuzilma yaxshilanishi va hududning obod qiyofasini ta’minlash ishlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




