Shaxsiy qabul davomida murojaat o‘rganildi
2026-08-04 17:00:00 / Yangiliklar
Tuman hokimi tomonidan Boborahim Mashrab mahallasida faoliyat yuritayotgan “Samsung Inter City Trede” oilaviy korxonasi rahbarining shaxsiy qabul davomida bildirgan murojaati o‘rganildi.

Mazkur omborxonada ayni paytda 25 turdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnikalar mavjud bo‘lib, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlab kelmoqda.
2023-yildan buyon faoliyat yuritayotgan korxonada bugungi kunda 15 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Korxona aholini zarur maishiy texnika va uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan uzluksiz ta’minlashda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, korxona rahbari tomonidan faoliyatni kengaytirish maqsadida qo‘shimcha yer maydoni ajratish yuzasidan bildirilgan murojaat ham o‘rganildi. Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.





