Bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
2026-07-31 20:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori Ulug‘bek Xusainov Yangi Namangan tumanida bo‘lib, hududdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasidagi dastlabki manzil Abu Rayhon Beruniy mahallasi bo‘ldi. Bu yerda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, ichki yo‘llar tartibga keltirilgan, ko‘p qavatli uylarning tashqi qiyofasi yangilangan, yashil hududlar hamda bolalar va sport maydonchalari barpo etilgan.
Shuningdek, aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida evakuatsiya rejalari va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ma’lumot lavhalari o‘rnatilgan.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahallalar qiyofasini yanada obod etish va aholi uchun munosib yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









