Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati aholi bilan ochiq muloqot qildi
2026-07-30 10:30:00 / Yangiliklar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi Xayrullo G‘apporov Yangi Namangan tumanining “Atangan guzar” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida aholi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

Shuningdek, uchrashuvda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarda daxldorlik hissini oshirish, mahallalarda obodlik ishlarini yanada faollashtirish hamda ekologik tozalik va atrof-muhitni asrash masalalari muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi, ayrim murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






