Yangi Namangan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
2026-07-28 11:10:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida tuman hokimining 2026-yil birinchi yarim yilligida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya dasturlari hamda kommunal infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
Shuningdek, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, kadastr agentligi, elektr va suv ta’minoti tashkilotlari rahbarlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan axborot va hisobotlari ko‘rib chiqildi.
Sessiyada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish, “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini tashkil etish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlash, Kengash doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga oid qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar yuzasidan ham masala ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbarlarga vazifalar yuklatildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









