2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi
2026-07-24 20:05:00 / Yangiliklar
2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida tantanali bitiruv oqshomi tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli tamomlagani bilan tabrikladi hamda ularga oldinda turgan sharafli va mas’uliyatli mehnat faoliyatida ulkan zafarlar va omadlar tiladi.

Ma’lumot uchun, bu yilda texnikumni hamshiralik, feldsherlik va funksional diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha jami 225 nafar talaba tamomladi. Ularning 60 nafari oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi, qolganlari esa mustaqil mehnat faoliyatiga yo‘llanma oldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









