Temir yo‘l atroflarida obodlik ishlari davom etmoqda
2026-07-25 09:00:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Yangi Namangan tumanida temir yo‘l atroflarini obod etish ishlari reja asosida davom etmoqda.

Ayni kunlarda “Sohil”, “Istiqbol” va “Kelajak tongi” mahallalari hududidan o‘tuvchi temir yo‘l yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hududlar chiqindilardan tozalanib, begona o‘t-o‘lanlar bartaraf etilmoqda, daraxtlarga agrotexnik ishlov berilmoqda hamda atrof muhit tartibga keltirilmoqda.
Bu ishlar hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, temir yo‘l atroflarini yanada ozoda va ko‘rkam qiyofaga keltirishga xizmat qilmoqda.
Obodlik har birimizdan boshlanadi. Keling, tumanimiz obodligi va ozodaligi uchun bu ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shaylik!
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati








