Oilaviy biznes yangi ish o‘rinlari yaratmoqda
2026-07-24 12:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mehnatobod” mahallasida yashovchi Abdulxafiz Parpibayev oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Turkiyadan keltirilgan sifatli matolardan joynamozlar tikib, ichki bozor bilan birga Tojikiston va Qirg‘izistonga ham eksport qilmoqda.
Bugungi kunda kichik sexda 12 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Tadbirkorning mehnati nafaqat oilaviy biznesni rivojlantirish, balki mahallada yangi ish o‘rinlari yaratishga ham xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






