“Sohil” mahallasida obodlikka alohida e’tibor qaratilmoqda
2026-07-24 08:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida davom etayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida “Sohil” mahallasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Temir yo‘l atrofida chiqindilar yig‘ishtirilib, begona o‘t-o‘lanlar bartaraf etilmoqda. Daraxtlarga agrotexnik ishlov berilib, hududlarni tartibga keltirish choralari ko‘rilmoqda.
Mahalla ahli, hasharchilar va mas’ullar birgalikda mehnat qilib, atrofni yanada ozoda va ko‘rkam qiyofaga keltirishga hissa qo‘shmoqda.
Obod mahalla — ahillik va birdamlik natijasidir. Keling, bu xayrli ishlarga barchamiz munosib hissa qo‘shaylik!
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









