Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-23 13:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi “Istiqbol” mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va turmush bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olindi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda dolzarb masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






