Yosh dasturchining “Aqlli maktab” platformasi taqdimoti o‘tkazildi
2026-07-23 13:15:00 / Yangiliklar
Har payshanba o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida yashovchi yosh dasturchi Sherzod Mirzayevning “Aqlli maktab” platformasi va yangi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot davomida dasturchi o‘z ishlanmalari va ularning imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Ayni paytda yosh dasturchi tuman hokimligida xodimlar faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan dasturiy loyiha ustida ham ish olib bormoqda. Bu kabi tashabbuslar davlat xizmatlari samaradorligini oshirish va raqamli boshqaruvni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati



