Mahallada xonadonlar holati o‘rganildi
2026-07-22 08:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasida obodonlashtirish va kambag‘allikni qisqartirish ishlari doirasida xonadonlar holati ham o‘rganildi.

Mahallada jami 12 ta ko‘cha, 1200 ta xonadon va 6555 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 229 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan.
O‘rganishlar davomida har bir ko‘chadagi aholi xonadonlari birma-bir ko‘zdan kechirilib, uylar atrofining ozodaligi, sarishtaligi va obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratildi.
Fuqarolar bilan muloqotlar davomida xonadonlarni obod saqlash, tozalik madaniyatiga amal qilish hamda hududni yanada ko‘rkamlashtirishda faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









