“Mingchinor” mahallasida ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
2026-07-21 12:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholiga qulaylik yaratish maqsadida "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Loyiha asosida tumanning "Mingchinor" mahallasi uchun 1,3 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlariga yo‘naltirildi.
Ayni paytda mahallaning "Mirob" ko‘chasidagi 3,3 kilometr ichki yo‘lda asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratish, transport harakatini yengillashtirish va hudud obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






