Tuman hokimining shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-07-21 13:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, takliflar va muammolar tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






