“Saxovat” mahallasida ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
2026-07-17 11:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Saxovat” mahallasi aholisining ko‘p yillik orzusi ro‘yobga chiqmoqda. Hududdagi 7,8 kilometr ichki yo‘l asfaltlanib, ravon holatga keltirilmoqda.

Ayni vaqtga qadar 2,5 kilometr yo‘l to‘liq asfaltlanib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi. Qolgan qismida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida hududda 7 ta maxsus texnika hamda 10 nafar ishchi-xodim jalb etilgan.
Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, ichki yo‘llar infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









