Yangi Namangan tumanida yangi ko‘prik quriladi
2026-07-18 09:35:00 / Yangiliklar

Loyihaga ko‘ra, Yangi Namangan tumani hududidan o‘tgan D-110 avtomobil yo‘li bilan “Oromgoh” ko‘chalari kesishgan chorrahada Katta Namangan kanali ustiga zamonaviy ko‘prik barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 6 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu mablag‘ evaziga eni eni 16 metr, uzunligi 24 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik quriladi.
Mazkur tashabbus transport tirbandligini kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu hududning transport o‘tkazuvchanligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Taqdimot yakunida viloyat hokimi mutasaddilarga loyihani takomillashtirish, ko‘prikning ikki tomonidagi yo‘llarni ham ta’mirlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati





