Yangi Namangan tumanida SES bo‘limi uchun yangi bino qurilmoqda
2026-07-10 18:30:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi uchun yangi ma’muriy bino qurilishi davom etmoqda.

Tuman hokimi qurilish maydonida bo‘lib, obyektdagi ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qildi.
Rejaga ko‘ra, ma’muriy bino joriy yil yakuniga qadar to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. Yangi inshootning ishga tushirilishi bo‘limning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlab, aholi salomatligini ta’minlashga qaratilgan xizmatlar sifatini oshiradi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






