Dekorativ baliqlarga mehr daromad manbaiga aylandi
2026-07-10 17:50:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida yashovchi tadbirkor Akmalxon Niyazov dekorativ baliqlar parvarishi bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda uning xonadonida 60 turdan ortiq dekorativ baliqlar bor. Ularning umumiy soni 60 mingdan ziyod. Suv jonzotzari orasida noyob va qimmatbaho turlar ham mavjud.
Tadbirkor aholiga dekorativ baliqlar parvarishi va akvariumlarga oid xizmatlarni ham ko‘rsatmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









