“Mingterak” mahallasida amaliy ishlar boshlandi
2026-07-08 11:25:00 / Yangiliklar
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Dasturga muvofiq, mahallada yo‘llar ta’mirlanib, kommunal tizim bilan bog‘liq muammoli masalalar bartaraf etiladi. Hudud obod va ko‘rkam qiyofaga keltiriladi.
Shuningdek, yangi tadbirkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yilib, ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda
piyodalar yo‘lakchasi qurish jarayoni boshlandi.
Mazkur dastur mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish va hududni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






