“Zam Zam” korxonasi 30 nafar aholini ish bilan ta’minlayapti
2026-07-07 13:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Axsikent” mahallasida joylashgan “Zam Zam” korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yganiga 5 yildan oshdi. Dastlab 10 kishi bilan ish boshlagan korxona rahbari Tolib Nishonov bugungi kunga kelib 30 nafar aholini ish bilan ta’minlamoqda.

Bu yerda erkaklar va bolalar uchun mavsumiy kiyimlar hamda kostum shim ishlab chiqarilmoqda. Oyiga 3000 donagacha tayyor mahsulot ichki bozorga yetkazilyapti.
Tadbirkor endilikda faoliyatini yanada kengaytirib, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirmoqchi hamda yangi ish o‘rinlari yaratish harakatida.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









