Yangi Namangan tumanida suv tejamkor innovatsion texnologiyalar asosida yer maydonlarini o‘zlashtirish loyihasi taqdim etildi
2026-07-06 17:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida suv tejamkor innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali 140 gektar yer maydonini o‘zlashtirishga qaratilgan loyiha ishlab chiqildi. Qiymati 40,7 mlrd so‘mga teng mazkur loyiha doirasida 4 ta artezian qudug‘i qazish, 5 ming kub metr sig‘imli 2 ta suv to‘plash havzasi barpo etish va zamonaviy sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Taqdimotda qayd etilganidek, loyihaning birinchi bosqichida suv ta’minotini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi. Keyingi bosqichlarda chorvachilik, bog‘dorchilik va meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash yo‘nalishlari tashkil etiladi.
Shuningdek, suvni uzoq muddat saqlash imkonini beruvchi kompost, gumus, bentonit va gidrogel aralashmasidan foydalanish orqali tuproq namligini 60 kungacha saqlab qolish ko‘zda tutilgan.
Loyiha natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






