Muhtoj oilalar uylari ta’mirlanmoqda
2026-07-06 15:30:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Shu doirada tumandagi 25 ta muhtoj oilaning uylari ta’mirlandi.

Xonadonlarning tom va devorlari yangilanib, issiqliklik yaxshi saqlaydigan zamonaviy eshik va derazalar o‘rnatildi. Jumladan, “Ishonch” mahallasida yashovchi oilalardan biriga ham amaliy yordam ko‘rsatilib, uyi ta’mirlab berildi, yashash sharoitlari yaxshilandi.
Bu kabi ishlar ehtiyojmand oilalarning kundalik turmushini yengillashtirish, ular uchun yanada qulay va munosib yashash sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






