Fermer xo‘jaligi oila daromadiga xizmat qilmoqda
2026-07-06 11:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasida yashovchi Jamolxon Nasriddinov fermer xo‘jaligi tashkil etib, oila a’zolarining bandligini ta’minlamoqda.

Ayni paytda xo‘jalikda 100 boshga yaqin chorva va 20 ga yaqin parranda parvarishlanmoqda. Shuningdek, tomorqada limonariya tashkil qilingan bo‘lib, unda limon ko‘chatlari va turli ro‘zg‘orbop ekinlar yetishtirilmoqda.
Mehnat va izlanish orqali yo‘lga qo‘yilgan mazkur xo‘jalik bugungi kunda oilaning asosiy daromad manbaiga aylangan. Eng muhimi, tomorqadan unumli foydalanish hisobiga oila ehtiyojlari ta’minlanib, yaxshigina daromad ham olinmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









