Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi
2026-07-04 12:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabul 2-sonli Abu Ali Ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy nafaqalar, bandlik, sog‘liqni tiklash va uy-joy masalalariga doir 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Tuman hokimi har bir murojaatni o‘rganib chiqib, muammolarni qonuniy va tezkor hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






