“1 oy – 4 mahalla” tajriba loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
2026-07-02 14:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining Bunyodkor mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan “1 oy – 4 mahalla” tajriba loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda loyihani mahallalarda yagona tartib asosida joriy etish, vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda monitoring va baholash mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, loyiha yoshlarning muammo va ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash, manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda ularning qiziqishi va salohiyati asosida tizimli ishlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






